Telegram-bot Virtual qabulxona

16.11.2023

4 million 700 ming so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Gulbog'” mahallasida yashovchi fuqaro A.N. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko’ra, fuqaro Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Oqsaroy” savdo shaxobchasidan 4 700 000 so‘mga elektr isitish qozoni sotib olgan. Ammo u nosoz chiqqanligi sababli, yangisiga almashtirib berish yoki to‘langan pullarini qaytarib olishda amaliy yordam ko'rsatilishini so‘ragan.

Murojaat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilib, tadbirkorga qonuniy tushuntirishlar berilgach, fuqaroga tegishli 4 700 000 so‘m pul mablag'i qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00