30.08.2021
Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali Bulungʻur tumani Mingtepa MFYda yashovchi fuqaro S.Yakubova tomonidan kelib tushgan murojaatda, iste'molchi 2020-yil mart oyida Bulungʻur tuman markazida joylashgan “Kamilla Travel” MCHJ dan Rossiya Federatsiyasiga ketish maqsadida Samarqand-Moskva yoʻnalishi boʻyicha 4 dona aviabiletni 1.630.000 soʻm evaziga olgan.
Biroq, 2020-yil 15-martdan yurtimizda karantin eʼlon qilingani sababli fuqaro ketolmay qolishadi. Shundan soʻng, isteʼmolchi bir necha marotaba aviakassa xodimiga chipta pullarini qaytarib berishini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada, sotuvchi bundan bosh tortganini aytib oʻtgan.
Mazkur, murojaat oʻrganilishi natijasida isteʼmolchi foydasiga 1.630.000 soʻm mablagʻ undirib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi O.U.dan kelgan murojaatda isteʼmolchi Buxoro shaxar Markaziy bozorida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkonidan “Samsung” rusumli sovutgich (konditsioner) ni 5 070 000 soʻm evaziga xarid qiladi, biroq, oradan koʻp vaqt oʻtmasdan sovutgich ishdan chiqib qolgan. Bu borada sotuvchiga bir necha marotaba murojaat qilganda esa, sotuvchi rad javobi berganini taʼkidlagan.