
29.04.2024
Bag‘dod tuman iste'molchilar huquqlarini hiimoya qilish jamiyatiga aholi vakillaridan elektr ta'minoti masalalarida kelib tushayotgan murojaatlar sohaga mas'ul bo‘lgan idora vakillarini jalb qilgan holda o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etilishiga erishilmoqda. "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.A.ning iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa-da, xonadoniga nisbatan juda katta miqdorda qarzdorlik hisoblanganligi holati yuzasidan qilgan og‘zaki murojaati shular jumlasidandir.
O‘rganishlar davomida tuman elektr ta'minoti korxonasidan ushbu holat yuzasidan olingan ma'lumotda iste'molchiga hisoblangan 59 000 000 so‘m qarzdorlikning haqiqatan ham asossiz ekanligi qayd qilinganligi ma'lum qilinib, bunday qarzdorlikning yuzaga kelishiga iste'molchi xonadoniga ASKUE tizimidagi hisoblagich o‘rnatilishi jarayonida sun'iy qarzdorlik yuzaga kelganligi, ya'ni fuqaro xonadonidagi eski hisoblagich ko‘rsatkichi PK uchyot dasturiga oyma-oy kiritib borilmaganligi va oylik iste'mol ko‘rsatkichlarini kiritib borilishi hamda texnik xatolik oqibatida ushbu katta miqdordagi qarzdorlik kelib chiqqanligi sabab qilib ko‘rsatiladi. Shuningdek, ma'lumotda murojaatni o‘rganish doirasida ushbu xatolik bartaraf etilganligi va iste'molchining bugungi kun holatida qarzdorligi mavjud emasligi qo‘shimcha qilib o‘tilgan.
Iste'molchilarning ushbu yo‘nalishda tuman jamiyatiga qilayotgan murojaatlari va ularni o‘rganish yakunlariga ko'ra, "Namuna" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi I.O‘.ning elektr ta'minotidagi uzilishlar hamda "Dasht" qishlog‘ida yashovchi Q.J.ning xonadonidagi elektr hisoblagichdagi nosozliklar yuzasidan qilgan murojaatlarini hamda ularda keltirilgan holatlarni bartaraf etilishiga erishilganligini ham misol qilib keltirish mumkin.