
31.07.2024
Nishon tumanida yashovchi fuqaro M.K. tumandagi “Asl taraqqiyot xizmati” MChJga qarashli ustaxonaga temir darvoza yasab berishni buyurtma qiladi va oldindan 4 million 200 ming soʻm toʻlovni amalga oshiradi. Biroq buyurtma kelishilgan muddatda tayyorlab berilmaydi. Fuqaro darvozani belgilangan vaqtda yasab berishlarini soʻrab, ustaxonaga bir necha bor murojaat etadi. Ammo ishni yakunlash yana ortga surilaveradi.
Fuqaroning shu haqda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida ustaxona mas'ullariga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va 4 million 200 ming soʻmlik temir darvoza yasatilib, iste'molchining xonadoniga oʻrnatib berilishi ta'minlandi.