Telegram-bot Virtual qabulxona

05.07.2023

4 million so'mlik nosoz gaz plita bepul ta'mirlandi

O‘zbekiston tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Olmazor" mahallasida yashovchi B.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro bir yil oldin "Shodlik kredit savdo" do‘konidan 12 oylik muddatli to'lov asosida 4 million so‘mga gaz plita sotib olgan. "Artel" savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mazkur gaz plitasidan muayyan vaqt davomida foydalanib kelgan. Keyinchalik plitaning pech qismida nosozlik kuzatila boshlagan, ya'ni yoqilgan gaz o‘z-o‘zidan o‘chib qola boshlagan. Shundan so‘ng, fuqaro ushbu masalada kompaniyaning servis markaziga murojaat qilgan. Lekin servis xodimi kerakli ehtiyot qismlari yo‘qligi va xizmat pulli bo‘lishini aytgan.
 
Murojaatni o‘rganish jarayonida tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan ushbu masalada servis kompaniyasiga so‘rov kiritildi. Kompaniyadan kelgan javobda tovarda kamchiliklar kelib chiqishiga gaz plitaning ajratuvchisi (rassekateli) erib ketgani, shuningdek, plita suyultirilgan uglevodorod gazi (propan)da emas, balki uning moslamasi tabiiy gaz (metan)da ishlatishga moslashtirilganligi, kafolat kitobida standartlardan chetga chiqishlar va elektr tarmog‘i kuchlanishidagi tafovutlar oqibatida kelib chiqadigan muammolar esa xizmat haqi evaziga bartaraf qilinishi bayon qilingan. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya o‘z brendiga mijozlar hurmatini oshirish maqsadida, iste'molchi B.A. bilan yuzaga kelgan holatni bepul bartaraf etib berishga qaror qilgani ham qo‘shimcha qilingan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00