Telegram-bot Virtual qabulxona

20.02.2024

Salkam 4 million so'mlik nosoz muzlatgich bepul ta'mirlab berildi

Zafarobod tumanida istiqmoat qiluvchi fuqaro N.N. Jizzax shahar Zebo savdo markazidagi 39-savdo do‘konidan 3 800 000 so'mga muzlatgich sotib olgan. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, muzlatgich bilan bog‘liq nosozlik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali servis xizmati ko‘rsatilishini so‘rab, og‘zaki murojaat qilgan.

Fuqaro murojaati Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. Yakunda, nosoz muzlatgichga servis xizmati ko‘rsatilib, ishchi holatda iste'molchiga yetkazildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00