Telegram-bot Virtual qabulxona

28.07.2022

O’zbekistonda huquqlari buzilgan iste’molchilarga o’n besh milliard so’m mablag’ qaytarib berildi

     O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari  federatsiya tomonidan iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo`nalishida federasiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 5 472 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ushbu murojaatlarning 3 558 tasi og`zaki, 1 100 tasi yozma, 814 tasi esa elektron shaklda yuborilgan. Mazkur ariza va shikoyatlarning 4 989 tasi ya’ni, 91,2 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 15 056 818 091 (o`n besh milliard ellik olti million sakkiz yuz o`n sakkiz ming to`qson bir) so`m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi.

2022 yilning birinchi yarim yilligi davomida Federasiya va uning hududiy bo`linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning

 2 133 tasi (39,0%) savdo sohasiga,

 758 tasi (13,9%) gaz ta’minoti sohasiga,

412 tasi (7,5%) elektr ta’minoti sohasiga, 

258 tasi (4,7%) suv ta’minoti sohasiga,

 185 tasi (3,4%) kommunal xizmat sohasiga,

84 tasi (1,5%) sog`liqni saqlash sohasiga,

295 tasi (5,4%) xizmat ko`rsatish (servis) sohasiga,

214 tasi (3,9%) transport sohasiga,

178 tasi (3,3%) aloqa (va internet) sohasiga,

955 tasi (17,5%) esa boshqa sohalarga to`g`ri kelishini ko`rishimiz mumkin.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00