24.10.2023
Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Huvaydo" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning oqova suv tarmog‘idagi nosozlik borasida kelib tushgan tushgan murojaatlari o‘rganildi.
"Biz yashaydigan Navoiy ko‘chasi 5 va 7-uylar oldidagi kanalizatsiya lyukidan oqova suvlar doimiy oqib turadi. Ichimlik suvi korxonasi ushbu holatni bir necha bor bartaraf qildi, lekin ko'p o'tmasdan, holat yana takrorlanyapti. Mas'ullar kanalizatsiya quvurini almashtirish lozimligini aytishmoqda. Muammoni bartaraf qilinishida amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘raymiz", - deyiladi ularning murojaatida.
Mazkur murojaat "Farg‘ona suv ta'minoti" MChJ shahar filiali mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganilganda, kanalizatsiya lyukidan o'tadigan quvurning chirishi natijasida, yonidagi daraxt tomirlari bilan qisilib, quvur berkilib qolgani, buning oqibatida esa, oqova suvlarning bir maromda oqib ketishiga to‘sqinlik yuzaga kelgani ma'lum bo‘ldi. Quvurning zararlangan qismi almashtirilishi bilan muammo to‘liq bartaraf etildi.