Telegram-bot Virtual qabulxona

01.05.2023

Kir yuvish mashinasi uchun to'langan pul mablag'i qaytarildi

Shu yilning 18-aprel kuni Navoiy shahar Tolstoy koʻchasida yashovchi fuqaro D.Y. tomonidan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Navoiy shahridagi “Mega kredit” savdo doʻkonidan 1 420 000 soʻmga kir yuvish mashinasi sotib olgan. Ammo shu kuni boshqa rusumlisiga almashtirish uchun savdo doʻkoniga qaytargan va sotuvchi bilan kelishgan holda qo'shimcha 1 030 000 soʻm pul toʻlagan. Boshqa rusumdagi kir yuvish mashinasi esa vaqtida yetkazib berilmagan.

Ushbu holat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan savdo doʻkoni rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, isteʼmolchiga, toʻlovi miqdorida oʻzi tanlagan kir yuvish mashinasi boshqasiga almashtirib berilishida amaliy yordam koʻrsatildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00