Telegram-bot Virtual qabulxona

19.03.2024

866 million so'm noreal qarzdorlik iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan ko'plab murojaat kelib tushgan.

Ma'lum bo'lishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida "Boburshox kommunal boshqaruv" MCHJ xizmat koʻrsatuvchilari tomonidan Namangan shahridagi ko'plab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Holat Namangan shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, 1500 ta xonadonga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.

Talabnomalarga asosan, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 866 000 000 so'm noreal qarzdorlik hisoblangan. Jamiyat xodimlari sa'y-harakatlari natijasida, noreal qarzdorliklar "Mening uyim" Billing dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00