Telegram-bot Virtual qabulxona

13.04.2022

MAGNITOFONIM QANI?

Fargʻona viloyati, Quva tumani “Paxtakor” MFYda yashovchi fuqaro Margʻilon shahrida faoliyat olib borayotgan As-servis avtosaloni bilan “Lasetti jentra” rusumli avtomobil uchun shartnoma tuzadi, belgilangan toʻlovni 02.08.2021-yil kuni toʻlaydi va isteʼmolchi besh oy muddat ichida 24.01.2022 kuni avtomobilni avtosalondan olib chiqadi. Avtomobil xaridorga yetkazilishidan avval avtosalon rahbariyati mijozga avtomobilga avtomagnitola qoʻyilmagani, avtomagnitola puli avtomobil pulidan chegirib berilishi yoki bir oz muddat kutsa avtomagnitola oʻrnatilgan holda avtomobilni chiqarib berishlarini aytadilar. Yuqoridagi chegirib beriladigan pul uchun avtosalonga yozma ravishda ariza yozib berishi kerakligini mijozga tushuntiradilar va isteʼmolchidan yozma ariza qabul qilib oladilar. Biroq mijoz bir necha marotaba avtosalon xodimlariga avtomagnitola pulini qaytarib berish boʻyicha murojaat qiladi va isteʼmolchiga yuqoridagi muammo boʻyicha hech qanday ijobiy natija boʻlmagani va avtosalon bilan oʻzaro kelishuvga asosan avtomagnitolaning pulini mijozning plastik kartasiga qaytarish paysalga solinayotganidan norozi boʻlib, Margʻilon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan shikoyati yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda qonuniy oʻrganish ishlari olib borilib, avtosalon rahbariga qonun talablari va isteʼmolchining huquqi buzilayotgani, qonuniy javobgarlik mavjudligi tushuntirilib, isteʼmolchining plastik kartasiga avtosalon rahbariyati tomonidan 1 067 000 (bir million oltmish yetti ming) soʻm mablagʻ puli qaytarib berildi. Yangi avtomashinasidan magnitafonini qidirayotganlar koʻp... Bu kabi holatlar ham kulguli, ham ayanchlidir!

Margʻilon shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati

 mutaxassisi   S.Xapizov,

  

 

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00