Telegram-bot Virtual qabulxona

05.05.2023

Nosoz changyutgich sifatlisiga almashtirildi

Xorazm viloyati Xiva shahar Ichan qal'a mahallasida yashovchi Q.G. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yoʻllagan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro Xiva shahridagi savdo do'konlarining biridan 1 million 410 ming so'mga changyutgich sotib olgan, ammo oradan ko'p vaqt o'tmasdan, ushbu maishiy texnika nosoz ekani ma'lum bo'lgan.

Murojaat Xiva shahar jamiyat mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va 1 410 000 so'mlik changyutgich yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00