
18.01.2024
Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro M.A. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, iste'molchi avtomashina sotib olish Nukus shahridagi "Orient Avto Invest" MChJ bilan shartnoma tuzib, 46 million so'm oldindan to'lovni amalga oshirgan. Ammo keyinchalik avtomobil olish fikridan qaytgan. Boshlang'ich badali uchun qilgan tólovini esa qaytarib ola olmagan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan vaziyat órganilib chiqildi va shartnoma bekor qilinib, 46 million sóm iste'molchiga qaytarib olib berildi.