Telegram-bot Virtual qabulxona

16.08.2023

Suv turmaydigan basseyn yoxud sifatsiz mahsulot sotuvchiga qaytarib berildi

Paxtakor tumani, Oq buloq MFYda istiqomat qiluvchi U. A. hududda joylashgan “Ekobozor”dagi “Bolalar oʻyinchoqlari” savdo doʻkonidan 550 000 soʻmga bolalar ko`chma bassey sotib oldi. Farzandlarini xursand qilish uchun uyiga borgandan soʻng basseynni shishirib koʻrsa nuqsoni borligi sabab, havo turmadi. Oʻsha zahoti doʻkonga mahsulotni olib borib almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlarini soʻraganda, rad javobini oldi. Soʻng iste’molchi oʻz huquqidan foydalangan holda, Paxtakor tuman iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Mutasaddilar tomonidan “Жаҳонгир-Жасур-Сурайё” oilaviy korxonasiga qarashli doʻkonda oʻrganish oʻtkazildi va iste’molchiga nuqsonli mahsulot uchun toʻlangan puli qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00