
21.06.2023
Zomin tumani Dashtobod shahrida istiqomat qiluvchi M.P. federasiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko‘ra, fuqaro “Mikrokreditbank” filialiga qarashli bankomat orqali o‘z plastik kartasidan 2 million so‘m mablag‘ yechgan, ammo bankomat nosozligi tufayli 1 million so‘m chiqarib bergan.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida "Mikrokreditbank" Zomin filiali bank xizmatlariga murojaat etilganida haqiqatan ham nosoz bankomatdan pul to‘liq olinmagani ma’lum bo‘ldi. Zomin tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ko‘magi bilan qisqa fursatlarda fuqaroning plastik kartasiga bank mutaxassisi tomonidan 1 million so‘m o‘tkazib berildi.