Telegram-bot Virtual qabulxona

27.09.2023

4 yarim million so'mlik nosoz telefon bepul ta'mirlab berildi

Olot tuman "Jumabozor" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro 4 500 000 so‘mga muddatli to‘lov evaziga "Oppo A 77 S" smartfonini xarid qilgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, telefonda nosozlik yuzaga kelgan. Savdo xodimlari bilan murosaga kela olmagach, fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan.

Olot tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Smartfondagi nuqson servis tomonidan bartaraf etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00