
08.07.2024
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro M.M. Navoiy shahrida joylashgan "Gulobod" savdo majmuasidagi do'kondan kredit shartnomasi asosida 1 700 000 so'mga "Redmi Note 10 S" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo ikki kun o'tib,uning quvvatlash qismida nosozlik borligi ma'lum bo'lgan. Savdo do'koni xodimlari esa nosoz telefonni almashtirib bermasligini aytgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqish jarayonida savdo do'koni rahbariga fuqoroning iste'molchi sifatidagi huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, tomonlar o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasi bekor qilinishiga erishildi.