Telegram-bot Virtual qabulxona

07.08.2024

Nuqsonli mahsulot uchun toʼlangan salkam 4 million soʼm isteʼmolchiga qaytarildi 

Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro U.Q. tumanda joylashgan “Salima nigohi” MChJga qarashli maishiy texnikalar savdo doʼkonidan 3 million 760 ming soʼmga “Volna” rusumli muzlatgich sotib oladi. Biroq ushbu mahsulotdan biroz muddat foydalangach, unda nuqsonlar aniqlanadi. Nosoz muzlatgichni sifatlisiga almashtirish haqidagi talabi sotuvchi tomonidan bajarilmagandan so'ng, fuqaro tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.

Fuqaroning murojaati oʼrganilib, sotuvchiga amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik hamda uzoq muddat foydalanishga moʼljallangan maishiy texnikalarni sotish tartiblari va kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Natijada, xarid qilingan nuqsonli mahsulot sotuvchiga topshirilib, uni sotib olish uchun toʼlangan pul mablagʼi toʼliq isteʼmolchiga qaytarilishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00