24.12.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Namangan shaxar Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro J.Sattorov tomonidan murojaat kelib tushgan.
Bayon etilishicha, fuqaro oʻz xonadoniga akfa eshik va romlar oʻrnatish uchun tuman markazda joylashgan “Akfa” eshik va romlar ishlab chiqaruvchi tadbirkor bilan shartnoma tuzadi, va boshlangʻich toʻlov sifatida 3.250.000 soʻm va MDF eshiklari uchun 2.500.000 soʻm jami 5.750.000 soʻm toʻlovni amalga oshiradi. Ogʻzaki kelishuvlariga asosan maxsulotlarni 7 kun ichida oʻrnatib berilishi kelishilgan. Biroq, oradan 20 kun oʻtsa xam eshik va romlar isteʼmolchiga yetkazib berilmagan. Isteʼmolchi bu borada bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qilgan boʻlsada, turli bahonalar bilan oʻrnatib berishni orqaga tortib kelayotganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, tomonilar kelishuviga asosan, mahsulot uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Ana shunday murojaatlardan yana biri, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro A.M. tomonidan kelgan boʻlib, isteʼmolchi Buxoro shahrida faoliyat olib boruvchi “Akfa” eshik va deraza romlar ustaxonasidan murojaat qilib, oʻz xonadoni uchun 5.500.000 akfa deraza romlarini buyurtma qilganini, ammo buyurtma qilgan deraza romlar sifatsiz oʻrnatib ketilishidan norozi boʻlib, ustaga murojaat qiladi, taʼminotchi esa, turli bahonalarni roʻkaj qilib, Murojaat oʻrganilishi natijasida, deraza romlar sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi.
Shuningdek, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro B.S. tomonidan kelgan murojaatda, isteʼmolchi “Chinor mebel” doʻkonidan 4.050.000 soʻmga yumshoq mebel jamlanmasini sotib olgani, ammo oradan bir oy oʻtar oʻtmas mebel taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Tadbirkorga qilingan murojaat esa, eʼtiborsiz qoldirilgani aytib oʻtilgan.
Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida, yumshoq mebellar tadbirkor tomonidan sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi.