Telegram-bot Virtual qabulxona

23.05.2023

9 million 300 ming so'mlik nosoz elektroskuter ta'mirlab berildi

Xatirchi tumani “Ko‘ksaroy” mahallasida yashovchi fuqaro A.A. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, murojaatchi shu yilning fevral oyida tuman markazidagi “Samsung” savdo markazidan 9 300 000 (to‘qqiz million uch yuz ming) so‘mga elektroskuter sotib olgan. Ammo ushbu texnika nosoz chiqqan. Fuqaro bu bo'yicha bir necha marta savdo do'koniga murojaat qilgan bo'lishiga qaramasdan, mas’ullar be’etiborlik bilan turli bahonalarni ro‘kach qilishdan nariga o‘tmagan.

Ushbu holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, “Samsung” savdo markazi mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining huquqlari, xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirildi. Natijada, savdo markazi tomonidan elektroskuterning nosoz ehtiyot qismlari yangisiga almashtirilib, soz holatda fuqaroga topshirildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00