Telegram-bot Virtual qabulxona

27.08.2021

“Isteʼmolchilar uyi”: Mustaqilligimizning 30 yilligi  arafasida Oltinsoyliklar uchun ajoyib tuhfa...

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyatlari institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida mahalliy hokimliklar amaliy koʻmagida bir qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda.
Isteʼmolchilik sohasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, murojaatlarning joyida tizimli koʻrib chiqilishida mutasaddi organlar bilan hamkorlikning yangicha mexanizmlarini joriy qilish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, kutubxonalar faoliyatini tashkil etish maqsadida, “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari ishlab chiqilib, loyiha doirasida bugungi kunda 30 dan ortiq tuman va shaharlarda “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy komplekslari qurilib foydalanishga topshirildi.
“Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi“Isteʼmolchi kutubxonasi”, “Isteʼmolchi qabulxonasi”, “Book cafe” va “IT-Markaz” kabilarni oʻz ichiga qamrab oladi.
Qayd etish joizki, Zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksidan oʻrin olgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar bundan tashqari, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham oʻrin olgan.
Bugun, Oltinsoy tumanida qad rostlagan, zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining foydalanishga topshirilgani ham buning aksidir. Tadbirda senat aʼzolari va hokimlik, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirni ochib berishda soʻzga chiqqan, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Abdiyevich Bobolov Federatsiyaning bu kabi loyihalari viloyat aholisining isteʼmolchilik borasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishning asosiy negizi ekanini qayd etish barobarida bu kabi xizmat koʻrsatish obyektlari viloyatning har bir tumanida qad rostlashi kerakligini alohida taʼkidladi. 
Shuningdek, yurtboshimiz tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Federatsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi bir guruh faol xodimlariga esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00