Telegram-bot Virtual qabulxona

09.07.2024

Hajmi to'g'ri kelmagan basseyn uchun to'langan pul mablag'i egasiga qaytarildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumanida yashovchi fuqaro tumandagi "Sulton" savdo do'konidan buyurtma asosida 1 million 295 ming so'mga basseyn sotib olgan. Ammo uyiga o'rnatilgandan keyin iste'molchi basseyn hajmi kattaligini aytib, almashtirib berishini so'ragan, "Sulton" savdo do'koni xodimlari esa rad javobini bergan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi To'rtko'l tumani jamiyati tomonidan ushbu murojaat atroflicha o'rganilib, iste'molchiga to'lov qilgan puli qaytarib berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00