
18.08.2023
Internet asrida barcha xizmatlar, jumladan bozorlar ham elektron tizimda faoliyat olib bormoqda. Istalgan xaridni masofaviy xarid qilish, to uy manziligacha yetkazib berish xizmatlari inson manfaatlari uchun xizmat qiladi albatta. Oʼzbekiston hududida ham onlayn xarid platformalarining bir qanchasini misol keltirish mumkin.
Qorovulbozor tumanida yashovchi fuqaro H.G ham "Uzum" dasturi orqali ancha tovarlarga buyurtma berib, muddatli toʼlov evaziga xarid qilib kelgan. Аmmo soʼnggi xaridni amalga oshirish chogʼida dasturda uning qarzdorligi soʼndirilmaganligi, shu sababli xarid amalga oshira olmasligi toʼgʼrisida xabar keladi. Holatga oydinlik kiritish maqsadida fuqaro Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga qoʼngʼiroq qilib ariza qoldirgan.
Qorovulbozor tuman jamiyati holatni toʼliq oʼrganib chiqdi. Isteʼmolchi G.H uzum dasturi orqali muddatli toʼlovlarni kechiktirmay toʼlab borgan hamda hozirda hech qanday qarzdorligi mavjud emasligi aniqlandi. Dasturda yuz bergan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchiga xaridni amalga oshirishi mumkinligi tushuntirildi.