Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2023

Rossiyada "Antikontrafakt – 2023" XI xalqaro forumi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 5-6 oktyabr kunlarida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida "Antikontrafakt – 2023" XI xalqaro forumi bo‘lib o‘tib, unda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir qator xalqaro va milliy tashkilotlar qatorida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi boshchiligida federatsiya delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Turli tashkilot va idoralardan 600 nafardan ortiq mehmonlar ishtirok etgani aytilayotgan mazkur Forum doirasida ishtirokchilar tomonidan “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Rospotrebnadzor axborot funksiyasining o‘rni va roli (O.V.Prusakov, Rospotrebnadzor),  “Axborotni manipulyasiya qilinishining iste'molchilar va raqobat uchun tahdidi” (Ya.V.Sklyarova, Rossiya federal antimonopol xizmati), “Iste'mol savodxonligi va iste'mol bozori samaradorligi mezonlari va tendensiyalari to‘g‘risida” (P.B.Shelish, RF iste'molchilar ittifoqi), “Jamiyatning kontrafakt tovarlarga munosabati. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari to‘g‘risida” (L.N.Osaulenko, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi), “Savodli iste'molchilarni tarbiyalashda ta'lim tashkilotlarining o‘rni” (V.Yu.Dianova, “Yangi materiallar va texnologiyalar” Oliy injenerlik instituti), “Muammolarni sudgacha hal qilish iste'molchilar bilan yuzaga kelgan nizolarni hal qilishning samarali  vositasi sifatida. Maishiy texnika va elektronika bozori ishtirokchilaridan takliflar” (A.V.Onishuk, Maishiy elektr va komp'yuter texnikalari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalar assosiasiyasi), “Yangi sanoat xatarlarining YeOIHdagi kontrafakt muammolariga ta'siri. Salqin ichimliklar sanoatida o‘zini o‘zi tartibga solish amaliyotini rivojlantirish” (M.N.Novikov, Sharbatlar, suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilar ittifoqi), “Bozorlarda brendni himoya qilish masalalari” (V.G.Maksimov, Kichik formatli savdo assosiasiyasi), “Kontrafaktga qarshi kurashishda jamiyatning roli-imkoniyatlar va vositalar” (O.V.Pavlov, “Iste'molchilarning jamoatchilik tashabbusi”) kabi mavzularda ma'ruzalar  tinglandi.

Federatsiya raisi J.Sarimsoqov kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhokamalarda ishtirok etish barobarida “O‘zbekistonda iste'molchilarning jamoat birlashmalari va samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda makzur birlashmalarning o‘rni va roli” mavzusida ma'ruza qildi.   

Forum yakunlariga ko‘ra, quyidagi umumiy xulosalar ta'kidlab o‘tildi:

- ayniqsa farmasevtika, tamaki va tamaki mahsulotlari, alkogol, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek bolalar uchun tovarlar hamda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish sohalarida norasmiy onlayn-savdo yo‘nalishida jiddiy vaziyat kuzatilayotganligi;
- ishtirokchilar tovarni xom ashyo bosqichidan yakuniy mahsulotgacha bo‘lgan jarayonda kuzatilishi vositalarini yaratilishi va takomillashtirilishining, shuningdek ushbu jarayonda hokimiyat organlari, biznes va iste'molchilar o‘rtasida yaqindan hamkorlikning zarurligi;
- elektron tijoratni rivojlantirish va bu soha bilan bog‘liq qonunchilikdagi kamchiliklarning ichki bozorlarga mahsulotlarni norasmiy kirib kelishini oshishiga sabab bo‘lib qolayotganligi.

Shuning bilan birgalikda, Forumda ishtirok etgan tashkilotlar o‘rtasida kelgusida o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishning yangi hamda zamon talablaridan kelib chiquvchi mexanizmlarini hayotga tatbiq qilish, bu boradagi milliy qonunchiliklarni xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish borasida hamkorlikda takliflar ishlab chiqish hamda kun tartibiga oid boshqa bir qator masalalarda turli kelishuvlarga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00