
02.05.2023
Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi fuqaro I.Q. tomonidan federatsiyasining "1091" qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro shu yilning 26-aprel kuni Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi savdo doʻkonidan umumiy qiymati 17 800 000 soʻm boʻlgan "Skuter" sotib olgan. Ammo motosiklning nuqsoni borligi ma'lum boʻlgach, uni savdo doʻkoniga qaytarib olib borgan fuqaro nosoz tovar uchun toʻlagan mablagʻini tadbirkordan qaytarib ola olmagan.
Ushbu murojaat Toʻraqoʻrgʻon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, tadbirkorga tegishli qonunlar asosida tushuntirishlar olib borildi va murojaatchi talabiga binoan, nuqsonli tovarning puli toʻliq undirib berildi.