Telegram-bot Virtual qabulxona

15.04.2024

Iste'molchidan 2 million so'mdan ortiq mablag' undirish bo'yicha chiqarilgan sud buyrug'i bekor qilindi

Urganch tumani "Yoshlik" MFYda yashovchi R.O. xonadoniga “Construction Global House” boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko’rsatilmagan xizmatlar uchun 1 877 180 so’m va 300 000 so’m davlat boji undirish to’g’risida 2022-yil 28-noyabrda sud qarori chiqarilgani lekin uni bundan xabari bo’lmaganini ma'lum qilib, tuman jamiyatiga ariza bilan shikoyat qilgan.

Holat bo'yicha o'rganish ishlari olib borilib, jamiyat tomonidan sudga e'tiroznoma kiritildi. Natijada, 2024-yil 18-martdagi fuqarolik ishlari bo’yicha Urganch tumanlararo sudining ajrimi bilan ko’rsatilmagan xizmat uchun 1 877 180 so’m va 300 000 so’m davlat bojini undirish to’g’risidagi sud buyrug’i bekor  qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00