Telegram-bot Virtual qabulxona

06.11.2023

16 million so‘mlik muzlatgich bepul ta’mirlab berildi

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro B.Q. tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushgan.

Keltirilishicha, fuqaro 16 000 000 so‘mga xarid qilgan “Beston” rusumli muzlatgichi oradan 2 oy o‘tmasdan, nosoz holga kelib qolgani, bu haqda servisga muroajaat qilgan bo'lsa-da, servis xodimlari tomonidan turli bahonalar bilan tuzatib berilmayotganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va “Beston” servis xodimlariga hamda rahbariytiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida’’gi qonunining tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, fuqaroning muzlatgichiga servis xodimi tomonidan xizmat ko‘rsatildi hamda ushbu muzlatgich ishchi xolatda fuqaroga topshirildi.

 

 

 

 

 

 

                                                                                                Sh.Qurbonova


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00