29.05.2023
Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilsh jamiyatiga Zarafshon shahar 5-kichik tuman 1-uy 112-xonadonda yashovchi fuqaro J. X. tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro yashash xonadoni uchun isitish tizimiga to‘lov qilganligi, ammo 5-kichik tumanga qarashli “Zar Gold Best” shirkati tomonidan xonadonning isitilmaydigan maydoni uchun ham to‘lovlar hisoblanganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari o'tkazilib, “Zar Gold Best” shirkati rahbariyati hamda ishchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, murojaatda keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilib, faqat isitiladigan maydon uchun to‘lovlar amalga oshirildi.