
11.01.2024
Qo‘qon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Bag‘dod tumani "Chek Xitoy" mahallasida yashovchi G‘.N.ning xarid qilingan maishiy texnika buyumi nuqsonli chiqqanligi masalasida federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste'molchining ma'lum qilishicha, u Qo‘qon shahridagi “Xonchiroq” savdo do‘konidan jami 7 280 000 so‘mlik xaridlarni amalga oshirgan. Biroq do‘kondan 6 050 000 so‘mga sotib olingan “YPS-2 KLW” uzluksiz quvvat manbai uskunasi yaxshi ishlamagani sababli, sotuvchiga qaytarib topshirilgan bo‘lsa-da, iste'molchining qonuniy talablari ijrosi ta'minlanmagan.
Shahar jamiyati mutaxassislari murojaat asosida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun, shuningdek qonun asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari" talablari bo‘yicha tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, tovardagi nuqsonlar tez fursatda servis markazida bepul bartaraf etib berildi.