08.11.2021
Ingliz allomasi Tomas Fuller yolgʻon gapirayotgan doʻkon sotuvchisiga qarata shunday degan ekan: “Meni mahsulotning narxini yuqori aytib aldashing mumkun, ammo uning sifati bilan emas”.
Darhaqiqat, bugun savdo doʻkonlari orqali mahsulot xarid qilganda koʻpchilik isteʼmolchilar uning sifati, yaroqlilik muddati, xattoki, necha amper kuchlanishda ishlashi haqida umuman qiziqmaymiz, mahsulot qanchalik arzon boʻlsa, bir mahsulot puliga ikkita mahsulot harid qilish bizning odatiy shiorimizga aylanib ulgurganligidadir. Mahsulot arzon ekanini koʻrishimiz bilan uning sifati, ishlab chiqarilgan sanasi-yu talab darajasida ekanligini tekshirish hech birimizning hayolimizga ham kelmaydi.
Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham shu bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu kabi murojaatlardan biri, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro R.A. tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha, isteʼmolchi tuman markazida joylashgan mayishiy texnika doʻkonidan 1 200 000 soʻmga changyutguch xarid qilgan, ammo xarid qilgan chang yutguchi koʻp vaqt oʻtmay nosoz axvolga kelib qolgani va Buxoro shahrida yashovchi fuqaro M.S ning “Ishonch” doʻkonidan 800 000 soʻmga xarid qilgan chang yutgichi nosoz chiqqan.
Holat yuzasidan ikki isteʼmolchi ham tadbirkorga murojaat qilganligini, ammo tadbirkorlar murojaatni etiborsiz qoldirib kelayotganini taʼkidlangan.
Murojaatlar oʻrganilishi natijasida, istemolchi R.A.ning nosoz changyutgichi boshqa chang yutguchga hamda istemolchi M.S.ning nosoz changyutgichi ariston suv isitish moslamasiga almashtirib berildi.
Shuningdek, Romitan tuman Gʻazberon qishlogʻida yashovchi fuqaro X.U oʻz murojaatida, Buxoro shahar Markaziy bozor hududidagi doʻkondan 6 000 000 soʻmga suv isitish qozoni (kotyol) xarid qilgani, ammo xozirda suv isitish qozoni (kotyol)da nosozliklar vujudga kelganligi, tadbirkorga murojaat qilganda esa hech qanday oʻzgarish boʻlmagani taʼkidlangan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, isitish qozoni uchun toʻlangan 6 000 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Yana bir murojaatchi, A.Y. oʻz arizasida Buxoro shahar Markaziy bozor yoʻli yoqasida joylashgan “Alpon” savdo doʻkonidan 4 000 000 soʻmga elektron velosiped xarid qilganini 40 km yurishi kerak boʻlgan velosiped 8 km yurib quvvati tugab qolayotganidan norozi boʻlib, tadbirkorga murojaat qilganini, ammo murojaatlari etiborga olinmaganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchiga tadbirkor tomonidan elektron velosiped aakumulyatori yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.