Telegram-bot Virtual qabulxona

04.04.2025

Iste'molchi va savdo do'koni o'rtasida tuzilgan salkam 5 million so'mlik shartnoma bekor qilindi

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi Y.G. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, fuqaro "ISHONCH" savdo markazi bilan muddatli to‘lovga 4 800 000 so‘mlik televizor uchun shartnoma tuzadi. Ammo ikki kun o‘tmasdan, televizorda nuqson borligi ma'lum bo'ladi. 

Mazkur murojaat Jizzax shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan qonun doirasida o‘rganib chiqildi. Yaroqsiz mahsulot do‘konga topshirilib, xaridor va savdo do‘koni o‘rtasida tuzilgan muddatli to‘lov shartnomasi bekor qilindi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00