
22.04.2024
Tuxum mahsulotlarining saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati mavjudligidan ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak. Bahor mavsumi boshlanib, harorat isigach, tuxum mahsulotlarini xona haroratida saqlash taqiqlanadi. Shunday bo'lsa-da, ayrim savdo do‘konlarida tuxumlarni sovutgichlarda saqlash o‘rniga quyosh nuri tik tushadigan joylarda sotish holatiga guvoh bo‘lamiz.
Romitan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. tumanda joylashgan oziq-ovqat do‘konidan bir quti tuxum xarid qilgan. Tuxumlarni pishirish jarayonida ularning aynigani ma'lum bo'lgan. So'ng, ushbu holat bo‘yicha iste’molchi Buxoro viloyat IHHQ hududiy birlashmasiga ariza qoldirgan.
Romitan tuman jamiyati xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda, haqiqatan tuxum mahsulotlari savdo peshtaxtasida iliq joyda savdo normalariga zid ravishda sotilayotganligi aniqlanib, mavjud bo‘lgan barcha tuxum mahsulotlari savdo peshtaxtasidan olib qo‘yildi va tadbirkorga bu bo‘yicha ogohlantirish berildi.