05.03.2025
Iste'molchi joriy yil yanvar oyida Telegram ijtimoiy tarmog'ida "My teacher" guruhiga a'zo bo'lib, ingliz tilini o'rganish uchun "Uzum Nasiya" ilovasi orqali 3 million 600 ming so'mlik muddatli to'lov shartnomasini tuzadi. Ammo iste'molchini o'quv sifati qanoatlantirmaydi va shartnomani bekor qilish istagini bildiradi, uning ushbu talabi esa qanoatlantirilmaydi. So'ng, fuqaro O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qiladi.
Iste'molchining murojaati Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida, iste'molchining 3 mln 600 ming so'mlik muddatli to'lov shartnomasi bekor qilindi.