
10.10.2024
Chiroqchi tumani "Yangiqurilish" mahallasida yashovchi fuqaro N.A. tumandagi “Sharjax universal” maishiy texnikalar savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida 11 million 120 ming so‘mga LG rusumli avtomat kir yuvish mashinasi hamda "Redmi 12" rusumli uyali aloqa vositasini sotib oladi. Biroq kir yuvish mashinasida nuqsonlar mavjud bo‘lib, undan foydalanmoqchi bo‘lganda umuman ishlamaydi. Tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida sotuvchi bilan o‘zaro murosaga kela olmagach, fuqaro bu haqda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.
Fuqaroning murojaati amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganildi. O‘rganish jarayonida sotuvchiga “Chakana savdo qoidalari” talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, iste'molchining talabiga asosan muddatli to‘lovni amalga oshirish uchun tuzilgan shartnoma bekor qilinib, maishiy buyumlar sotuvchiga qaytarildi.