
16.08.2023
Oʼtgan asrning eng ajoyib va zaruriy ixtirolaridan biri muzlatgichlar deyish mumkin. Har qanday haroratda oziq-ovqat mahsulotlarini moʼtadil holda saqlovchi ushbu texnika qurilmalarining bugun yuzlab rusumdagilarini xarid qilish mumkin.
Kogon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.D Kogon shahrida joylashgan maishiy texnika doʼkonidan 5.000.000 soʼm evaziga muzlatgich xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʼtmasidan muzlatgich muzlatish tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Kafolat muddatida bepul taʼmirlab berilishi zarur boʼlgan muzlatgichga servis tomonidan xizmat koʼrsatilmagan.
Oʼz huquqlarini anglagan isteʼmolchi amaliy yordam soʼrab Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali ogʼzaki murojaat qoldiradi. Kogon shahar jamiyati xodimlari tomonidan murojaat oʼrganilib, qonuniy yondashildi, yaʼni muzlatgich servis tomonidan bepul taʼmirlab berildi. Yana bir murojaat qonuniy oʼz yechimini topdi.