
14.08.2023
Denov tumani “Shahrinav” MFYda yashovchi fuqaro E.Q.ning Denov tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan №12190/23-sonli murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Fuqaro murojaatida “Surxon avto” MChJ bilan 2022-yil 22-avgust kuni 1-220-2022-12464 UA-sonli shartnoma orqali “Gentra” avtomashinasi sotib olish uchun 131.134.000 so’m to’lovlari amalga oshirilgan. Shartnomaning 3.1. bandiga asosan fuqaroga yetkazib berishning oxirgi muddati 31.05.2023-yil etib belgilangan bo’lsada haligacha yetkazib berilmaganligidan norozi ekanini aytib o`tadi.
Vaziyat Denov tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Surxon avto” MChJ korxonasi vakillari ishtirokida o’rganilib, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, “Gentra” avtomashinasi rasmiylashtirib berildi.