
24.06.2024
Andijon viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi hamda tuman, shahar jamiyatlari xodimlari fuqarolardan kelayotgan murojaatlarni qonun doirasida o‘rganib, ijobiy hal qilib kelmoqdalar.
Jumladan, Oltinko‘l tumani jamiyati mutaxassislariga shu tumanda yashovchi fuqaro Z.E. tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda bayon qilinishicha, fuqaro 2024-yil may oyida 12% daromad solig‘ini qaytarish uchun tuman soliq qo‘mitasiga murojaat qilganligi, biroq shu vaqtgacha hech qanday natija bo‘lmaganidan noroziligini bildirgan.
Oltinko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat qonun doirasida o‘rganilib, 5 265 000 so‘m pul mablag‘i fuqaroga olib berildi.