Telegram-bot Virtual qabulxona

24.03.2023

Qonun talablari tushuntirilgach, muammo ijobiy hal etildi

Xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Saroy" MFYda yashovchi fuqaro I.Sh. ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2022-yilning 6-may kuni bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yini videotasvirga olish hamda fotoalbom tayyorlatish maqsadida tuman markazidagi “Bobir studio” korxonasi tasvirchisi Shohjahon bilan og‘zaki shartnoma tuzadi hamda 1 800 000 (bir million sakkiz yuz ming) so‘m xizmat haqini ham oldindan to‘laydi. To‘ydan so‘ng, fuqaro studiyaga telefon qilganida xizmat ko'rsatuvchi “tayyor bo‘lishi bilanoq, o‘zimiz ma’lum qilamiz”, deya javob beradi. “O‘zlarining ma’lum qilish”lari juda uzoqqa cho‘zildi — studiyaga 10-15 martalab qatnashlar, tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishlarning natijasi 10 oy o‘tsa-da ko‘rinmas, qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ygan tasvirchini esa studiyadan ham topishning imkoni bo‘lmay qolgan edi.

Shikoyatni o‘rganish jarayonida jamiyat xodimlari “Bobir studio” korxonasi mas’ullariga iste’molchining huquqlari, xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari, shuningdek, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganda xizmat ko‘rsatuvchiga ko‘riladigan choralar to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlarini olib bordi va vaziyatni to‘g‘ri anglagan korxona xodimlari 3 kun ichida murojaatchining barcha talablari ijrosini ta’minlab, fuqarodan rasman uzr so‘radi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00