06.04.2023
Doʻstlik tumanida istiqomat qiluvchi N.B. tumandagi "Amriddin Grant" savdo majmuasida joylashgan maishiy texnika doʻkonidan mikrotoʻlqinli pech sotib olgan. Uyiga yetib borgach, xaridini tekshirib koʻrish maqsadida elektr tokiga ulagan. Texnika iste’molchining talabi darajasida emasligini anglagach, bir soat oʻtmasdan doʻkonga qaytarib olib borgan. Undan norozi boʻlgan sotuvchi qoʻpol muomala qilib, pulini qaytarib berishdan bosh tortgan. Shundan so'ng, iste’molchi oʻz haq-huquqlarini anglagan holda, Doʻstlik tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat toʻliq oʻrganilib, tadbirkor M.K.dan pech uchun toʻlangan 1 135 000 soʻm pul mablag'i murojaatchiga undirib berildi.