Telegram-bot Virtual qabulxona

02.03.2023

Muzlatgich uchun to'langan 7 mln 716 ming so'm iste'molchiga qaytarildi

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida yashovchi R.A. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga xarid qilgan muzlatgichi nuqsonli chiqqani masalasida murojaat qilgan.

Murojaat tegishliligi bo‘yicha Yozyovon tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida joriy yilning 8-yanvarida "Samsung" rusumli muzlatgich tuman hududidagi “Imkon” savdo markazidan 7 mln 716 ming so‘mga xarid qilingani, foydalanish davrida unda nuqson kuzatilgach, savdo markazi mas'ullariga murojaat qilingani, ammo shu kunga qadar iste'molchining kafolat davrida tovarni bepul ta'mirlatish yoki nuqsonli tovar uchun to‘langan pulni qaytarib olish bo'yicha talablari bajarilmagani ma'lum bo‘ldi.

Jamiyat mutaxassislarining savdo markazi mas'ullariga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirishi natijasida savdo markazi tomonidan iste'molchiga 7 mln 716 ming so‘m pul mablag'i qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00