Telegram-bot Virtual qabulxona

11.05.2023

462 milliondan ortiq pul mablag'lari iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Payariq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Shohimardon Asqarov” oilaviy korxonasining 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Payariq tumanidagi MFYlar “Shohimardon Asqarov” OK bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFYlarga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 462 472 969 so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi va korxona tmonidan billing elektron bazasidan noreal qarzdorlik sifatida o'chirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00