Telegram-bot Virtual qabulxona

19.06.2024

2 yarim million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Buxoro viloyati Qorakoʻl tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Yangiboz" MFYda yashovchi U.B. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Qorakoʻl dehqon bozoridagi savdo do'konlarining biridan "Redmi Note 9" telefonini 2 400 000 so‘mga xarid qilgan. Ammo u nosoz bo'lib chiqqan.

Qorakoʻl tuman jamiyati mutaxassisi mazkur murojaat asosida sotuvchi bn uchrashib masalaga oydinlik kiritgach, unga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste’molchining qonuniy talabini bajarmaslik oqibatida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlarni to‘g‘ri anglab yetgan sotuvchi tomonidan iste’molchining telefon uchun to'lagan pul mablag'i qaytarib berildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00