Telegram-bot Virtual qabulxona

01.11.2021

Oʻzbekistonda isteʼmolchilar koʻproq qaysi sohadan norozi ekani maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqni himoya qilish jamiyati federatsiyasi 2021-yilning 9 oyi davomida qaysi soha boʻyicha koʻprok murojaat tushganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2021-yilning toʻqqiz oyi davomida fuqarolardan jami 8686 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 5108 tasi ogʻzaki, 2313 tasi yozma, 1265 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Qayd etilishicha, ariza va shikoyatlarning 7656 tasi yaʼni, 88,1 foizi ijobiy hal etilishi natijasida, isteʼmolchilar foydasiga jami 15 milliard 188 million 83 ming 366 soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilinib, qaytarib berilgan. Bundan tashqari, federatsiya va uning hududiy boʻlinmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilingan.

Unga koʻra, isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 3272 tasi (37,7 foiz) savdo sohasiga, 1188 tasi (13,7 foiz) gaz taʼminoti sohasiga, 915 tasi (10,5 foiz) elektr taʼminoti sohasiga, 437 tasi (5 foiz) suv sohasiga, 285 tasi (3,3 foiz) kommunal xizmat sohasiga, 103 tasi (1,2 foiz) sogʻliqni saqlash sohasiga, 547 tasi (6,3 foiz) xizmat koʻrsatish sohasiga, 180 tasi (2,1 foiz) transport sohasiga, 276 tasi (3,2 foiz) aloqa va internet sohasiga va 1483 tasi (17,1 foiz) esa boshqa sohalarga toʻgʻri kelgan.

Avvalroq Oʻzbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi aytilgandi. Shuningdek, mamlakatda koʻproq qaysi soha xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani maʼlum boʻlgan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00