Telegram-bot Virtual qabulxona

06.09.2023

Maktab formasi uchun to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Pichoqchi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi G.Q.ning farzandlari uchun xarid qilgan maktab formasini savdo do‘koniga qaytarilishida amaliy yordam so‘rab yozilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u shaharning "Ipakchi" buyum bozori hududidagi savdo do‘konidan 365 000 so‘mga 3 nafar qiz farzandlari uchun maktab formasi (kofta va yubka) xarid qilgan. Ammo mazkur kiyimlar maktab standartlari va talablariga biroz mos kelmagani sababli, sotuvchiga ularni boshqasiga almashtirib berishini iltimos qilgan. Sotuvchi u so‘ragan fasondagi formalar sotib bo‘linganini aytganidan so‘ng, pulini qaytarish talabini qo‘ygan. Lekin uning bu talabi ham bajarilmagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste'molchida maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e'tiboran o‘n kun ichida almashtirib olish, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olish huquqi mavjud. Shahar jamiyati mutaxassislari sotuvchi bilan uchrashib, qonunning mazkur talabi yuzasidan tushuntirish berganlaridan so‘ng, sotuvchi iste'molchining 365 000 so‘m pulini qaytarib berdi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00