
24.02.2025
Odatda savdo do‘konlarida qaytim sifatida beriladigan tangalar cho‘ntagimiz yoki hamyonimizda to‘planib qoladi. Milliy valyutamiz birligi sanalgan so‘m tangalarni to‘plab, savdo munosabatida to‘lov sifatida foydalanish mobaynida esa ayrim tadbirkorlarning ensa qotirganligiga yoki to‘lovni qabul qilishni rad etganiga guvoh bo‘lamiz.
Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.F. oziq-ovqat savdo do‘konida xarid uchun to‘lovni so‘m tangada amalga oshirmoqchi bo‘lganida savdo xodimlari buni rad etgan. Holatga oydinlik kiritish hamda savdo xodimlarining xatti-harakatiga qonuniy baho berish maqsadida fuqaro Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.
Jondor tuman xodimlari sa’y-harakati tufayli murojaat qonuniy o‘rganib chiqilib, savdo do'koni xodimlariga “Milliy valyuta sifatida qabul qilingan muomaladagi pul birliklari” Nizomi tanishtirilib, to‘lov tangalar orqali amalga oshirildi.