
04.08.2023
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash majlisi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Samarqand viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, hisobot davrida fuqarolardan jami 2334 ta murojaat kelib tushgan. Shundan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga 2 ta, Bosh prokuratura ishonch telefoniga 6 ta, Federatsiya ishonch telefoni 10-91 orqali 159 ta, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga yozma va og’zaki tartibda kelib tushgan murojaatlar 2142 tani tashkil etadi. Mazkur ariza va murojaatlarning barchasi oʼrganilib, ularning ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 9.069.479.700 soʼm mablagʼ qayta hisob-kitob qilingan
Murojaatlar tahlil qilingada eng koʼp murojaat savdo sohasidan boʼlib, jami murojaatlarning 32 % ni tashkil etadi. Tabiiy gaz taʼminoti boʼyicha 23,3%, elektr taʼminoti boʼyicha 20%, xizmat koʼrsatish sohasida 4,3%, transport sohasida 1,2% kommunal sohadan esa 11,9 %, boshqa sohalardan kelib tushgan murojaatlar 7,3 % ni tashkil qilgan.
Federatsiya Ustavi va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining tegishli buyrug`i, hamda Samarqand viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan “2023-yil davomida jamoatchilik nazorati tartibida oʼtkaziladigan oʼrganishlar rejasi”ga asosan hududiy birlashma ijro apparati xodimlari va tuman (shahar) jamiyati rais va xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, jamoatchilik asosida 13 ta monitoring, 1 ta jamoatchilik eshituvi boshqa sohaviy ma’lumotlar yuzasidan hududiy birlashma raisi hamda 4 ta tuman (Bulungʻur, Jomboy, Toyloq va Kattaqoʻrgʻon) jamiyati raislarining hisoboti o’qib eshittirildi.