16.12.2021
Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro Gʻ.A. tomonidan Federatsiyaning “1091” ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahar joylashgan tijorat banklaridan biriga tegishli bank kartasidan isteʼmolchining 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) soʻm miqdordagi pul mablagʻi asossiz yechib olinganligi, bank xodimlariga murojaat qilganda unga isteʼmolchi boshqa bir fuqaro kredit olishida kafil vazifasini bajargani uchun undan undirilgani aytilgan. Biroq, isteʼmolchi bankdagi hujjatlarni koʻzdan kechirishni talab qilganda esa, hech qanday kredit shartnomalarida kafil boʻlmaganligi maʼlum boʻldi, shunga qaramay bank xodimlari yechib olingan pul mablagʻini qaytarmayotganidan norozi ekanini bildirgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchidan sababsiz echib olingan 2 500 000 soʻm pul mablagʻini qaytarib berilishiga erishildi.