Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

Tizim xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida "Mustaqillik yillarida iste'molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va rivojlanishi" mavzusida tizim xodimlari va hamkorlar ishtirokida videokonferensaloqa tizimida tadbir tashkillandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi rahbari Dilmurodjon Fozilov hamda "Yuksalish" umummilliy harakati Farg‘ona viloyat bo‘linmasi bo‘lim boshlig‘i Davronjon Teshaboevlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi, "Ijtimoiy sherkilik to‘g‘risida"gi qonunlarida ko‘zda tutilgan huquqlardan hamda ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari borasidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari ham tinglandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00