13.04.2023
Chust tumani "Pansada" mahallasida yashovchi fuqaro R.N. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro oʻz xonadonini taʼmirlash maqsadida tumanda faoliyat koʻrsatayotgan qurilish mollari savdo doʻkonidan 3 million soʻmlik boʻyoq mahsulotlarini xarid qilgan. Ushbu boʻyoqdan xonadonida foydalanganda mahsulot sifatsiz ekani ma'lum bo'lgan. Shundan so'ng, fuqaro sifatsiz tovarlarni do'konga qaytargan, ammo sotuvchi turli bahonalar bilan mahsulotni almashtirib bermagan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan qonun doirasida oʻrganilib, qurilish mollari doʻkoni sotuvchisiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, iste'molchining to'lagan pul mablag'i to'liq qaytarib berildi.