
01.05.2023
Samarqand viloyat Oqdaryo tumani "Istiqlol" MFY da yashovchi fuqaro F.R. federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro Samarqand shahrida joylashgan "SAMSUNG" savdo markazidan 2 850 000 soʻmga 3 yillik kafolat muddati bilan televizor xarid qilgan. Ammo ikki oy ham oʻtmasdan, televizor nosoz holga kelib qolgan. Uni taʼmirlash uchun esa servis xodimlari toʻlov talab qilingan.
Mazkur holat Samarqand shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, servis xodimlariga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi va murojaatchining televizori bepul ta'mirlab berildi.